Asosiy qismga ötiş
Investitsiya huquqi

Xususiylaştiriş 2026: xorijiy investor davlat uluşini muddatli tölovga qanday oladi

PF-177-son farmonga köra davlat 2026-yilda 84 ta jamiyatdagi uluşlarni, 1 242 ta obyektni va taxminan 8 000 ga yerni savdoga qöyadi. Savdo usullari, 15% avans, 25% çegirma, 7 yilgaça muddatli tölov, bayona, antimonopol rozilik va xorijiy kapital uçun yerga taqiqni tahlil qilamiz.

Pactum yuridik jamoasi
Pactum yuridik jamoasi
Pactum korporativ amaliyoti
16 daqiqa öqiş
Ulaşiş:

Ha: xorijiy investor, agar u jismoniy şaxs yoki nodavlat yuridik şaxs bölsa, Özbekistonda davlat uluşini bevosita sotib olişi mumkin («Davlat mol-mulkini xususiylaştiriş töğrisida»gi O‘RQ-907-son Qonun, 3-modda). 2026-yil 8-sentyabrdan PF-177-son farmonga köra avans — 30 kun içida 15%; auksion, tanlov yoki birjada sotilgan 23 000 BHM dan (BHM 440 000 söm bölganda taxminan 10,12 mlrd söm) qimmat lotlar böyiça esa xaridor 6 oy içida töliq tölov uçun 25% çegirmani yoki 5 yoxud 7 yilga foizsiz muddatli tölovni tanlaydi. Muzokaralarga ommaviy taklif usulida bu imtiyozlar berilmaydi, davlat aksiyalari auksionga qöyilmaydi, xorijliklar va xorijiy investitsiyali korxonalar esa yerga mulk huquqini olmaydi. 2026-yilda savdoga 84 ta xöjalik jamiyatidagi uluşlar, 1 242 ta köçmas mulk obyekti va taxminan 8 000 ga yer qöyiladi (naşr sanasiga — 2026-yil oktyabrga köra).

Qisqaça

  • Huquqiy asos. 2026-yil 28-avgustdagi «Davlatning iqtisodiyotdagi iştirokini qisqartiriş va xususiylaştiriş jarayonlarini tezlaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-177-son Farmon O‘RQ-907 ni töldiradi: qonunning 31-moddasi qonunçilikda nazarda tutilgan boşqa tölov şartlariga yöl qöyadi.
  • Sotuvçi. Davlat aktivlarini boşqariş agentligi; xususiylaştiriş komissiyasi tugatilgan (8-band).
  • Tölov. 35% örniga 15% avans; 25% çegirma yoki 7 yilgaça muddatli tölov — faqat auksion, tanlov yoki birjadagi 23 000 BHM dan qimmat lotlar uçun.
  • Yer. Xorijliklar va xorijiy investitsiyali korxonalar yerni xususiylaştiriş subyektlari hisoblanmaydi (O‘RQ-728, 13-modda).
  • Asosiy xavf. Muddatli tölovda mulk huquqi töliq tölovdan keyin ötadi, şartnoma ijro etilgunga qadar esa tasarruf etiş huquqi çeklangan böladi (O‘RQ-907, 32-modda).

Sotuvga nima qöyilgan

Sizning holatingiz boşqaçami?
Vaziyatni yozing — yurist masalani körib çiqadi

Sörov yuboriş orqali siz şaxsiy maʼlumotlarni qayta işlaş va javob beriş uçun hamkor yuristga uzatişga rozilik bildirasiz (siyosat)

Du–Ju 9:00–18:00 · +998 78 113 81 01

Nomlar — farmonning lex.uz dagi özbekça asl matnidan olingan.

YönalişHajmFarmondagi örniXaridor uçun nima muhim
Jamiyatlardagi uluşlar2026-yilda 84 ta jamiyat1-band «a», 2-ilova2026–2027-yillarga 62 ta paket nomma-nom körsatilgan
Köçmas mulk1 242 ta obyekt3.1–3.14-ilovalar50% va undan köpi tölangaç, obyektni rekonstruksiya qiliş yoki buziş mumkin (3-band «v»)
YerTaxminan 8 000 ga7, 7a, 8-ilovalarXorijiy kapital uçun emas
Boşlanğiç narx 1 mln söm84 ta pozitsiya9-ilovaUzoq vaqtdan beri sotilmagan köçmas mulk va MÇJdagi 7 ta uluş

Uluşlar röyxatini Agentlik Prezident Administratsiyasi bilan kelişgan holda özgartirişi mumkin (2-ilovaning 5-izohi), şu sababli lot maqomi ariza berilgan kunga Agentlikda tekşiriladi.

Yirik lotlar: bank, suğurtaçi, aviakompaniya, zavodlar

AktivPaketEgasiAlohida şartlar
«Turonbank» AJ98,9%Iqtisodiyot va moliya vazirligiSotuv muddatlarini vazirlik belgilaydi (1-ostki izoh)
«Uzexpocentre» AJ91,83%«Interforum» davlat muassasasiSotuv şartlari Prezident Administratsiyasi bilan kelişiladi (2-ostki izoh)
«Xalqaro hamkorlik markazi» AJ79,27%«Interforum» davlat muassasasiXuddi şunday
«Xalq Suğurta» AJ100%Xalq bankiDavlat bankining suğurtaçisi
Andijon mexanika zavodi100%«Özbekiston temir yöllari» AJ—
Toşkent yölovçi vagonlarini quriş va taʼmirlaş zavodi90%Agentlik—
«Humo Air» MÇJ100%Agentlik2022-yilgi bitim bekor qilinganidan keyingi takroriy sotuv
18 ta bozor va savdo majmuasiAsosan 51%Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi va hokimliklarMablağlar mahalliy byudjetlarga tuşadi (4-ostki izoh)

Davlat iştiroki ustun bölgan boşqa jamiyatlarning şu korxonadagi uluşlari qöyilgan uluş bilan yagona paket sifatida sotiladi (2-izoh). Xaridor aniqlangunça aktivlar davlat korxonasida qolişi yoki u tomonidan işonçnoma asosida boşqarilişi mumkin — Prezident Administratsiyasi bilan kelişilgan Agentlik qaroriga köra (3-izoh). Xorijiy moliya institutlarining obligatsiyalari va kreditlari böyiça kovenantlar hisobga olinadi (7-izoh).

Tarmoq ruxsatnomalari. Bank uçun Markaziy bankning oldindan ruxsati kerak, suğurtaçi va aviakompaniya uçun — öz regulyatorlarining talablari; çegaralar va muddatlar bitim sanasiga tarmoq qonuni böyiça tekşiriladi. «Özbekiston — 2030» yangilangan strategiyasi davlat banklarining özini xususiylaştirişni 2027-yilga köçirdi (Spot, 2026-yil 18-fevral).

Sotib oliş usullari

Usullar O‘RQ-907 ning 19–27-moddalarida sanab ötilgan. Elektron savdolarni Agentlik bilan tuzilgan şartnoma asosida savdo platformasi operatori ötkazadi (20-modda), platforma lot haqidagi xabarnomada körsatiladi. Davlat aksiyalari auksionga qöyilmaydi, xaridor uçun şartlar belgilangan lotlar esa tanlov orqali ötadi (20–21-moddalar), şu sababli AJ aksiya paketlari tanlov, birja, muzokaralar yoki muloqot orqali sotiladi.

UsulQanday tuzilgan25% çegirma va 5–7 yillik muddatli tölov (23 000 BHM dan qimmat lotlar)Asosiy xavf
Elektron auksion (20-modda)Narx oşib boriş tartibida, qadam 1% (3-band «z»); faqat şartsiz mol-mulk, davlat aksiyalaridan taşqariHaŞartnoma muhokama qilinmaydi; imzolaşdan boş tortiş — bayonadan ayriliş
Tanlov (21-modda)100 ballik tizimda: narx uçun 80 ballgaça, boşqa şartlar uçun 20 ballgaçaHaArizadagi vaʼdalar majburiyatga aylanadi
Muzokaralarga ommaviy taklif (22-modda)Boşlanğiç narx oşkor etilmaydi, oşkor etmaslik töğrisida kelişuv imzolanadiYöq, aniq istisno qilinganNarx va jadval — faqat şartnoma böyiça
Raqobatli muloqot (23-modda)Şartlar belgilanmagan, takliflar — 60 kungaçaYöq, bu usul röyxatda yöqŞartlar muloqot jarayonida şakllanadi
Birja savdolari (24-modda)Masalan, Trastbankning 0,001% — kotirovka böyiça, baholaşsiz; kotirovka bölmasa — sof aktivlarga proporsional (3-ostki izoh)HaNarx bozorga boğliq

Xususiylaştirişdan alohida: qarz hisobiga ixtiyoriy voz keçiş töğrisidagi kelişuv böyiça davlat banklariga berilgan mol-mulkni bank bevosita bozor qiymati böyiça sotadi, şu jumladan muddatli tölov yoki lizing asosida (5-band «b»).

Bosqiçma-bosqiç va muddatlar

  • Lot. Usul, narx va hujjatlar savdolar haqidagi xabarnoma bilan tasdiqlanadi.
  • Qatnaşişga ruxsat va tekşiruv. Xaridor maqomi (3, 11-moddalar), yer, tarmoq ruxsatnomalari, due diligence.
  • Antimonopol rozilik — savdolardan oldin, çunki u şartnoma tuzilgunga qadar kerak.
  • Ariza va bayona. Boşqaruv organining qarori va işonçnoma lot eʼlon qilinişidan oldin tayyorlanadi.
  • Şartnoma va tölov. Avans, jadval, töliq tölovdan keyin order, majburiyatlar monitoringi (37-modda).
BosqiçMuddat yoki miqdorAsos
Auksion yoki tanlov eʼlon qilinişi15 kun (30 kun edi), takroriy savdolar — 5 kunFarmon, 3-band «z»
BayonaBoşlanğiç narxning 15% — 100 BHM gaça, 10% — 1 000 BHM gaça, 5% — 10 000 BHM gaça, undan yuqori bölsa — 3%O‘RQ-907, 20, 21-moddalar
Şartnoma imzolaşBayonnomadan keyin 10 iş kuni, aks holda bayona qaytarilmaydiO‘RQ-907, 20, 21-moddalar
Antimonopol rozilik30 kun, 2 oygaça uzaytirişO‘RQ-850, 27-modda
OrderTöliq tölovdan keyin 5 iş kuni; aksiyalar böyiça — depo hisobvarağidan köçirmaO‘RQ-907, 32-modda
Xorijiy iştirokçining hujjatiAsos
Yuridik şaxsning röyxatdan ötganlik hujjati yoki pasport nusxasiO‘RQ-850, 27-modda, xabarnoma
25% dan ortiq uluşga ega benefitsiar mulkdorlar töğrisidagi maʼlumotlarO‘RQ-850, 27-modda
Boşqaruv organining qarori va vakilning işonçnomasiŞakl — xabarnomaga muvofiq
Moliyaviy va investitsiya taklifi (tanlov)O‘RQ-907, 21-modda
Bayona tölanganligi haqidagi tölov hujjatiO‘RQ-907, 20, 21-moddalar

Lot böyiça töliq röyxat xabarnomada keltiriladi; uni 15 kun içida yiğiş qiyin, şu sababli hujjatlar oldindan tayyorlanadi.

Tölov şartlari: 15% avans, 25% çegirma, 7 yilgaça muddatli tölov

Umumiy qoidaga köra, O‘RQ-907 ning 31-moddasi böyiça bir oy içida tölanadi, uzoqroq muddat, qoida tariqasida, 3 yildan oşmaydi, birinçi oyda 35% dan kam tölangan bölsa esa qoldiqqa Markaziy bank stavkasi böyiça foiz hisoblanadi. Farmon sezilarli darajada yumşoqroq.

VariantBirinçi tölovQoldiqQayerda mavjud
Asosiy (3-band «a»)30 kun içida 15% avansFoizsiz: davlat aktivlari — quyidagi şkala böyiça, yer — hududga qarab 1–10 yilDavlat aktivlari va qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer
Töliq tölov (3-band «b»)6 oy içida 100%25% çegirmaLot 23 000 BHM dan qimmat (yer — 8 000 BHM), faqat auksion, tanlov, birja
7 yilga muddatli tölov6 oy içida 50%7 yil foizsizXuddi şunday
5 yilga muddatli tölov3 oy içida 35%5 yil foizsizXuddi şunday

Çegaraviy muddat lotning BHM dagi narxiga boğliq; şkala — 2025-yil 21-apreldagi PF-70-son farmonning PF-177 tahriridagi 6-ilovasida.

Lot narxiSömda (BHM 440 000 söm bölganda)Muddatli tölov, köpi bilan
3 000 BHM gaça1,32 mlrd gaça3 oy
3 000–6 000 BHM1,32–2,64 mlrd6 oy
6 000–12 000 BHM2,64–5,28 mlrd12 oy
12 000–15 000 BHM5,28–6,6 mlrd18 oy
15 000–18 000 BHM6,6–7,92 mlrd24 oy
18 000–20 000 BHM7,92–8,8 mlrd30 oy
20 000–23 000 BHM8,8–10,12 mlrd36 oy
23 000 BHM dan yuqori10,12 mlrd dan yuqori60 oy (3 oy içida 35%) yoki 84 oy (6 oy içida 50%)

440 000 sömlik BHM 2026-yil 1-sentyabrdan amal qiladi (PF-115), qayta hisob-kitobni tahririyat bajargan. Farmongaça avans 35% edi, bir oy içida tölov uçun esa 14% çegirma berilgan (Agentlik, 2026-yil 8-sentyabr). Modelda nimani hisobga oliş kerak:

  • Narx pasaytirilgandan keyin çegirma yöq. 25% çegirma «çegirmasiz» şarti bilan sotilgan hamda boşlanğiç narx pasaytirilgandan keyin sotilgan aktivlarga qöllanilmaydi (PF-70 ga 6-ilova).
  • Muzokaralar va muloqot. Muzokaralarga ommaviy taklif qilinganda 3-band «b» imtiyozlari aniq istisno qilingan, muloqot röyxatda yöq: jadvalni şartnoma belgilaydi.
  • Mulk — töliq tölovdan keyin. Order berilgunga qadar xaridorning huquqlarini şartnoma belgilaydi (30, 32-moddalar), bu qayta sotiş, moliyalaştiriş va boşqaruv uçun muhim.
  • Garov. Faqat bir oy içida kamida 35% tölangan va qoldiq uçun suğurta polisi yoki bank kafolati bölsa (31-modda).
  • Yer — xorijiy iştirokisiz. Qiymati 8 000 BHM gaça bölgan uçastka uçun 15 iş kuni içida tölanganda 20% çegirma hamda hududga qarab 1 yildan (Toşkent) 10 yilgaça muddatli tölov — 2024-yil 6-sentyabrdagi PF-135-son farmon va PF-177 ga 12-ilovaning 14, 17-bandlari böyiça; narx 50% dan ortiq pasaytirilgandan keyin çegirma berilmaydi, 8 000 BHM dan (≈3,52 mlrd söm) qimmat uçastkalar esa 3-band «b» böyiça ötadi.

Lot sotilmasa

  • Narxni pasaytiriş. Auksion yoki birjada 3 oy içida sotilmasa — boşlanğiç narx balans qiymatidan qatʼi nazar 10% qadam bilan pasaytiriladi (3-band «g»); quyi çegara xabarnomada tekşiriladi.
  • Yangi lotlar. 2 oydan keyin Agentlik aktivni bölişi yoki boşqalar bilan birlaştirişi mumkin (3-band «d»).
  • Gibrid auksion. Narx 2% qadam bilan pasaytiriladi, birinçi taklifdan keyin esa savdo narx oşib boriş tartibida ötadi (3-band «i»).
  • Davlat banklari davlat uluşi 50% va undan ortiq bölsa, bu mexanizmlarni öz boşqaruv organlarining qaroriga köra, şu jumladan öz investitsiya kompaniyalarining mol-mulkiga nisbatan qöllaşi mumkin (4-band «b»).

Davlat aktivining due diligence tekşiruvi

BlokNimani tekşirişNima uçun muhim
Yer va binolarUçastkaga huquqlar, kadastr, inşootlarUçastkaga bölgan huquqlar ijara qayta rasmiylaştirilmasdan saqlanib qoladi (6-band «b»)
Jamiyat mulkidagi yerSotib olinayotgan jamiyatning uçastkalariXorijiy iştirokçi kirgandan keyin O‘RQ-728 ning 33-moddasi oqibatlari bitimdan oldin baholanadi
Qarzlar va nizolarKreditorlar, soliqlar, sudlarUluş sotib olinganda qarzlar jamiyatda qoladi
Aksiyalar hisobiReyestr, davlatning maxsus huquqi2026-yil 1-oktyabrdan davlat uluşi 50% dan ortiq bölgan taşkilotlarga tegişli qimmatli qoğozlarga huquqlarni Markaziy depozitariy hisobga oladi (6-band «k»)

Tekşiruv ariza berişdan oldin boşlanadi; batafsil — kontragent va aktivni tekşiriş sahifasida hamda biznesni sotib olişda due diligence maqolasida.

Investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar

Qonunda majburiyatlar röyxati yöq, ularni tanlov va şartnoma belgilaydi: odatda investitsiyalar, faoliyat profili va iş örinlari. Ular baʼzan narx bilan qiyoslanadigan darajada böladi: «SamAvto»da narx 80 mln dollar, investitsiyalar ham 80 mln dollar.

  • Tasarruf etiş huquqining çeklanişi şartnoma töliq ijro etilgunga qadar huquq belgilovçi hujjatlarda qayd etiladi (32-modda).
  • Qonun böyiça yuklamalar (28-modda) şartnoma majburiyatlari bilan bir narsa emas: ular keyingi xaridorga ötadi va ularni örnatgan organ yoki sud bekor qiladi (29-modda).
  • Pretenziya. Organ yozma talab yuboradi, xaridor şartnomada nazarda tutilgan neustoyka tölaydi, mediatsiya mumkin, daʼvo muddati — 3 yil (34-modda).

Şartnomaning bekor qilinişi ham uçraydi: Humo Air 2022-yilda ValleyRoad Capital kompaniyasiga sotilgan, Agentlik sözlariga köra, investor majburiyatlarni bajarmagan va aviakompaniya davlatga qaytgan (Spot, 2026-yil 19-sentyabr). Saneg kompaniyasiga 100 mln dollarga sotilgan Farğona neftni qayta işlaş zavodi 2026-yil iyuniga kelib yana Agentlikka qaraşli, sabablari oşkor etilmagan (Kun.uz, 2026-yil 8-iyun).

Xorijiy xaridor uçun: maqom, yer, antimonopol nazorat, valyuta

Kim sotib olişi mumkin. Talabgor — jismoniy şaxs yoki nodavlat yuridik şaxs, şu jumladan xorijiy şaxs (O‘RQ-907, 3-modda). Agar xaridor davlat nazorati ostida bölsa (davlat kompaniyasi, suveren jamğarma), qatnaşiş mumkinligi ariza berişdan oldin tekşiriladi. 11-modda qonun böyiça qatnaşişi taqiqlangan şaxslarni hamda nohalol raqobat xavfi mavjud holatlarni çeklaydi.

Yer. «Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida»gi O‘RQ-728-son Qonun 13-moddasining 2-qismiga köra xorijliklar, xorijiy yuridik şaxslar va xorijiy investitsiyali korxonalar yerni xususiylaştiriş subyektlari hisoblanmaydi; ularga ötib qolgan uçastka 6 oy içida begonalaştiriladi (33-modda), O‘RQ-907 (32-modda) esa xususiylaştirilgan bino ostidagi uçastka uçun taqiqni takrorlaydi. Xorijiy xaridor bino yoki uluş oladi, uçastka ijarada yoki doimiy foydalanişda qoladi.

Mahalliy kompaniya. Uluş yoki bino sotib oliş uçun u talab qilinmaydi, yerni esa u xorijiy kapital bilan olmaydi; tuzilma ariza berişdan oldin tanlanadi (xorijiy investitsiyalar).

Antimonopol rozilik. «Raqobat töğrisida»gi O‘RQ-850-son Qonunning 26-moddasiga köra u, qoida tariqasida, AJ ovoz beruvçi aksiyalarining 25% dan, MÇJ uluşlarining esa uçdan bir qismidan ortiğini sotib olişda talab qilinadi, agar iştirokçining aktivlari yoki tuşumi 250 000 BHM dan yoxud jami 500 000 BHM dan oşsa (110 va 220 mlrd söm). 26-moddaning 4-qismi Prezident qaroriga köra davlat iştirokidagi korxonalarning aksiyalarini (uluşlarini) sotib olişni bu talabdan ozod etadi; PF-177 böyiça lotga nisbatan qöllanilişi ariza berişdan oldin Raqobatni rivojlantiriş qömitasida aniqlaştiriladi. Rozilik bitim tuzilgunga qadar olinadi (27-modda), ğolibda imzolaş uçun 10 iş kuni bor, şu sababli iltimosnoma savdolardan oldin beriladi yoki tartib sotuvçi bilan oldindan kelişiladi. Roziliksiz tuzilgan, raqobatni çeklaydigan bitimni sud haqiqiy emas deb topişi mumkin. Batafsil — bitimni qaçon kelişiş kerak.

Valyuta. Farmon davlat mol-mulkini xorijiy valyutaga sotişga ruxsat berdi, tölov şartnoma valyutasida amalga oşiriladi (12-ilovaning 1-bandi, PF-5177 ga kiritilgan özgartirişlar); valyuta va hisobvaraqlar savdo şartlari bilan belgilanadi. Narx sömda belgilanganda 5–7 yillik muddatli tölov kurs xavfini saqlab qoladi, jadval tanlaşda bu xavf hisobga olinadi.

Davlatning maxsus huquqi. Strategik korxonalarda davlat maxsus iştirok huquqini — «oltin aksiya» analogini — vaqtinça saqlab qolişi mumkin: u Prezident qarori bilan joriy etiladi va xususiylaştirişdan oldin oşkor etiladi (6-band «i»).

Yirik sotuvlar

BitimXaridor va paketNarxHolati va majburiyatlar
Coca-Cola Uzbekistan, 2021Anadolu Group, 57,1%252,2 mln dollarKun.uz maʼlumotlariga köra, keyin taxminan 250 mln dollar investitsiya kiritilgan
«Farğonaazot»Indorama (Singapur), 99,02%140 mln dollar (130 mln dollar va 107 mlrd söm)2023-yil 16-yanvardagi term sheet, bitimni yopiş gaz yetkazib berişga boğliq edi; 100 mln dollar investitsiya
«SamAvto», 2025Anadolu Isuzu (Turkiya), 75,2%80 mln dollarBitimni yopiş — Turkiya regulyatorlari tasdiqlaganidan keyin; 80 mln dollar investitsiya

Manbalar: Agentlik, 2026-yil 8-oktyabr, Kun.uz, Yuz.uz. Bunday bitimlar bosqiçlari M&A bitimlari haqidagi maqolada tahlil qilingan.

Misol: zavodni sotib oliş

Misol şartli. Xorijiy guruh boşlanğiç narxi 35 mlrd söm bölgan zavodning 100% aksiyalari böyiça tanlovda qatnaşadi: bayona 3% — 1,05 mlrd söm, antimonopol iltimosnoma savdolardan oldin berilgan. Guruh 40 mlrd söm narx bilan ğolib böladi; lot 23 000 BHM dan qimmat va tanlovda sotilgan, şu sababli uç xil jadval mavjud:

  • hammasi 6 oy içida 25% çegirma bilan — 30 mlrd söm, aksiyalarga huquq tölovdan keyin darhol paydo böladi;
  • 6 oy içida 20 mlrd va 7 yil içida foizsiz 20 mlrd — guruh oxirgi tölovdan keyin mulkdor böladi;
  • 3 oy içida 14 mlrd va 5 yil içida 26 mlrd; agar birinçi oyda 35% kiritilsa va qoldiq uçun suğurta yoki bank kafolati berilsa, zavodni garovga qöyiş mumkin.

15% avans (6 mlrd söm) 30 kun içida kiritiladi, zavod ostidagi yer ijarada qoladi, investitsiya majburiyatlari ijro etilgunga qadar esa tasarruf etişga çeklov amal qiladi. Çegirma 10 mlrd söm tejaydi, muddatli tölov likvidlikni saqlaydi, ammo huquqning ötişini keçiktiradi.

Odatiy xatolar

  • Muzokaralar yoki raqobatli muloqotda çegirma yoki muddatli tölovni hisob-kitobga kiritiş.
  • Narx pasaytirilişini kutiş — undan keyin çegirma berilmaydi.
  • Yerni xorijiy kapitalli kompaniya orqali sotib olişni rejalaştiriş.
  • Antimonopol iltimosnomani ğalabadan keyin beriş va bayonani xavf ostiga qöyiş.
  • Muddatli tölovda özini mulkdor deb hisoblaş.

2026-yilda nima özgardi

  • 2026-yil 16-fevralda davlat banklarini xususiylaştiriş 2027-yilga köçirildi.
  • 2026-yil 22-iyulda Raqobat töğrisidagi qonunning 26-moddasiga O‘RQ-1137 bilan kiritilgan özgartirişlar kuçga kirdi, çegaralar saqlandi.
  • 2026-yil 1-sentyabrda BHM 440 000 sömni taşkil etdi, sömdagi çegaralar oşdi.
  • 2026-yil 8-sentyabrda PF-177-son farmon kuçga kirdi: 15% avans, gibrid auksion, valyutaga sotuv.
  • 2026-yil 8-oktyabrda Agentlik: yil boşidan 2 800 ga yer 4,7 trln sömga sotildi.
  • 2026-yil 18-noyabrda O‘RQ-907 ning 8 va 39-moddalariga 2026-yil 17-avgustdagi O‘RQ-1168 bilan kiritilgan özgartirişlar, şu jumladan xususiylaştirilgan mol-mulkka bölgan huquqlar kafolatlari haqidagi özgartirişlar, kuçga kiradi.

Pactum qanday yordam beradi

  • Lot va davlat aktivini ariza berişdan oldin tekşiramiz: huquqlar, qarzlar, xodimlar, kovenantlar.
  • Xabarnoma va şartnomani tahlil qilamiz, tölov jadvallari va majburiyatlarni soliştiramiz.
  • Xaridorning qatnaşişga ruxsatini tekşiramiz, hujjatlar va sotib oliş tuzilmasini tayyorlaymiz.
  • Savdolardan oldin antimonopol va tarmoq roziliklari muddatlarini rejalaştiramiz.
  • Majburiyatlarning ijrosi va tasarruf etiş çeklovini olib taşlaşda hamrohlik qilamiz.

Agar PF-177 röyxatidagi biror lotni körib çiqayotgan bölsangiz, Özbekistonda kompaniyani sotib oliş sahifasidan boşlang yoki yurist maslahatiga yoziling: 60 daqiqa, 300 000 söm, bu summa xizmat narxiga hisobga olinadi. Bitimga hamrohlik narxi vazifani tahlil qilgandan keyin aytiladi.

Köp beriladigan savollar

Xorijiy kompaniya Özbekistonda xususiylaştirişda qatnaşa oladimi?

Ha, agar u nodavlat yuridik şaxs bölsa: talabgor jismoniy yoki nodavlat yuridik şaxs, şu jumladan xorijiy şaxs bölişi mumkin (O‘RQ-907, 3-modda). Davlat nazoratidagi xaridor uçun qatnaşiş mumkinligi ariza berişdan oldin tekşiriladi.

Xorijlik xususiylaştirişda yer sotib olişi mumkinmi?

Yöq. Xorijliklar, xorijiy yuridik şaxslar va xorijiy investitsiyali korxonalar yerni xususiylaştiriş subyektlari hisoblanmaydi (O‘RQ-728 ning 13-moddasi 2-qismi), ularga ötib qolgan uçastka esa 6 oy içida begonalaştiriladi (33-modda). Bino yoki uluş xaridori yerdan ijara yoki doimiy foydalaniş huquqi asosida foydalanadi.

Davlat mol-mulkini muddatli tölov bilan sotib oliş mumkinmi?

Ha. Avans — 30 kun içida 15%, qoldiq — lot narxiga qarab 3 oydan 7 yilgaça foizsiz. 5 va 7 yillik variantlar hamda 25% çegirma faqat auksion, tanlov va birjada amal qiladi, xaridor esa mulkdorga töliq tölovdan keyin aylanadi.

Investitsiya majburiyatlari bajarilmasa, nima böladi?

Organ yozma talab yuboradi va şartnomada nazarda tutilgan neustoykani talab qilişga haqli; mediatsiya mumkin, daʼvo muddati — 3 yil (O‘RQ-907, 34-modda). Şartnoma bekor qilinişi mumkin, Humo Air bilan şunday bölgan.

Davlat paketini sotib olişda antimonopol rozilik kerakmi?

Qoida tariqasida, ha, agar 250 000 / 500 000 BHM çegaralari oşsa. Şu bilan birga O‘RQ-850 ning 26-moddasi 4-qismi Prezident qarori bilan amalga oşiriladigan, davlat iştirokidagi korxonalarning aksiyalari (uluşlari) bilan bitimlarni bu talabdan ozod etadi — PF-177 böyiça lotga nisbatan qöllanilişi ariza berişdan oldin Qömitada aniqlaştiriladi. Rozilik şartnoma tuzilgunga qadar kerak.

Yangi şartlar allaqaçon imzolangan şartnomalar uçun amal qiladimi?

Ha, farmon imtiyozlarni avvalgi dasturlarga, şu jumladan rasmiylaştirilgan şartnomalarga ham tatbiq etadi (11-band); ötiş tartibi batafsil yozilmagan, şu sababli sotuvçiga jadvalni qayta körib çiqiş haqida sörov yuboriladi.

Manbalar

Yurist 15 daqiqada qönğiroq qiladi
Yurist maqoladagi savolga javob beradi. Du–ju 9:00–18:00

Sörov yuboriş orqali siz şaxsiy maʼlumotlarni qayta işlaş va javob beriş uçun hamkor yuristga uzatişga rozilik bildirasiz (siyosat)

Du–Ju 9:00–18:00 · +998 78 113 81 01

Xorijiy investorning Özbekistonga kirişi

Iştirok şaklini tanlaş, röyxatdan ötkaziş, xorijiy investitsiyali korxona maqomi, xorijiy rahbarlarni işga qöyiş va foydani repatriatsiya qiliş.

Yönaliş tahlilini oçiş
Pactum yuridik jamoasi
Pactum yuridik jamoasi
Pactum korporativ amaliyoti

Pactum yuristlar jamoasi Özbekistonda bizneslarga xizmat körsatadi: kompaniyalarni röyxatdan ötkaziş, soliq nizolari, M&A bitimlari, litsenziyalar va taşqi iqtisodiy faoliyat.

Pactum yuridik platformasi · pactum.uz